Nashr etikasi

«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali tadqiqot etikasining eng yuqori standartlariga mos tarzda ilmiy tadqiqotlarning keng ko‘lamini yoritish va olimlar izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etishga yo‘naltirilgan.

Nashr qilish jarayonining ishtirokchilari, ya'ni muallif(lar), ilmiy muharrir, taqrizchi, mas'ul kotib, «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali tahririyat hay’ati a’zolari «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» ilmiy jurnali uchun nashr etikasining (bundan buyon – nashr etikasi) mezonlari, normalari va standartlariga so‘zsiz amal qilishi lozim. Nashr etikasi Publikatsion etika bo‘yicha Qo‘mitaning (SORE) xalqaro publikatsion etika normasiga mos ishlab chiqilgan.

Nashr etikasi muharrirlar, taqrizchilar va mualliflarning etik hatti-harakati normalari, mezonlari va standartlarini, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, noetik hatti-harakat, maqolani qaytarish (retraktsiya), tuzatish va bekor qilish bo‘yicha amallarni belgilaydi.

Etik mezonlar «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali sahifalarida e’lon qilinayotgan materiallarning yahlitligini ta'minlash va qo‘llab-quvvatlash, nashr jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida ishonch va o‘zaro hurmat muomalasini o‘rnatish, shuningdek ziddiyatning oldini olish yoki qisqa fursatta uni yechish uchun muhimdir.

Natijalarning ishonchliligi va unga oid masalalar

E’lon qilingan materiallarda berilgan natijalarning sifati va ishonchli ekanligiga jurnal o‘quvchilari amin bo‘lishini ta'minlash uchun «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali qo‘yidagi qoidalarga amal qiladi:

Materiallarda foydalanilgan va taqdim etilgan ma’lumotlar (jumladan tasvirlar) qo‘llab-quvvatlashga yoki o‘zi hohlagan xulosalarga erishish maqsadida qalbakilashtirilishi, o‘zgartilishi yoki boshqa tarzda buzilmasligi lozim.

Natijalarning ishonchliligini tekshirish imkoniyatini ta'minlash uchun mualliflar so‘rovga binoan tegishli hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlarni taqdim etishga tayyyor bo‘lishlari kerak. Tegishli hujjat qayta ishlanmagan ma'lumotlar, namunalar, yozuvlar va h. iborat bo‘lishi mumkin.

Bu talabdan istisno: xufya xususiy mulk tarzidagi yashirin ma'lumot.

Plagiat va unga oid masalalar

Taqdim etilgan qo‘lyozmalar avval e’lon qilinmagan bo‘lishi kerak (butunlay yoki qisman), agar yangi ish avval e’lon qilingan ishning kengaytmasi bo‘lmasa. Qo‘lyozmada qo‘shimcha hissa to‘g‘risida aniq ko‘rsatilishi shart.

O‘zgalarga oid ma'lumotlar, matn yoki nazariyalar muallifga oiddek taqdim qilinmasligi kerak.

O‘zgalar ishini tegishli darajada tan olish ishning to‘liq iqtibosini taqdim etishi orqali berilishi kerak, jumladan aynan nusxalanayatgan (deyarli so‘zma-so‘z) va umumlashtirilgan va/yoki parafraz (qayta ibora qilingan) material. Yagona qo‘shtirnoqlar so‘zma-so‘z iqtiboslar uchun qo‘llaniladi (qarang: «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali uslubi bo‘yicha qo‘llanma)

Plagiat mavjudligiga tekshirishda «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali tegishli dasturiy ta'minotlardan foydalanishi mumkin.

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan har qanday materialni kiritish uchun ruxsatlar muallif tomonidan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Qo‘lyozmalarning muallifligi

Mualliflar (va boshqa hamkorlik qiluvchi shaxslar yoki tashkilotlar) o‘z hissalari uchun munosib e’tirof etilishini kafolatlash uchun «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnali tomonidan quyidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Qo‘lyozma topshirilgunicha mas'ul muallif «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnaliga qo‘lyozmani yuborishga hammualliflar rozilik berganligini oydinlashtirishi shart.

«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnaliga arizada bir nechta mualliflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular natijalar uchun jamoaviy mas'uliyatni va javobgarlikni bo‘lishish uchun ishga yetarli hissa qo‘shgan bo‘lishi shart.

«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnaliga ilk taqdim etishda muallif-korrespondentlar mualliflik haqida ma’lumotlar barcha mualliflar tomonidan aniqlanishi va kelishilganligini oydinlashtirish kerak. Bunga mualliflarning to‘liq ro‘yxati, muallif-muhbir va mualliflar ro‘yxati kiradi.

Jurnalda nashrga qabul qilingandan so‘ng mualliflikka oid hechqanday o‘zgarishlar qabul qilinmaydi yoki ro‘yxatga o‘zgarishlar kiritilmaydi. Tuzatishlar taqrizchilar va muharrir tomonidan so‘ralganida ushbu qoida qo‘llanilmaydi.

Mualliflar ro‘yxatinini o‘zgartirish asosli bo‘lishi va, zarurat tug‘ilganda, mualliflarning ismlar tartibini istalgan o‘zgarishiga yoki mualliflar ro‘yxatidan o‘z ismini olib tashlashga muallifning shaxsan roziligini tasdiqlovchi xat bilan birga berilishi kerak.

Tadqiqot etikasi, ma’lumotlarni himoya qilish va birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish

«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi» jurnaliga taqdim etilgan maqolaga kiritilgan tadqiqot birlamchi ma’lumotlarni to‘plashdan iborat bo‘lsa, yoki tadqiqotchilar uchun odatda hali e’lon qilinmagan ma’lumotlarnan foydalanilgan bo‘lsa, tadqiqotni o‘tkazishdan oldin mualliflar tadqiqot etikasiga muvofiq roziligini olishlari shart.

Tadqiqotlarda yoki manbada foydalaniladigan barcha ikkilamchi ma’lumotlar tadqiqot maqsadlarida erkin foydalanishga ruxsat berganligini yoki ruxsat olinganligini maqola mualliflari kafolatlashi shart.

Apellyatsiya jarayoni

Maqolani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror ekspert-taqrizchilarning tavsiyasiga asoslanadi.

Tahririyat jamoasi sifat yuzasidan so‘rov bo‘yicha apellyatsiyani ko‘rib chiqmaydi. Apellyatsiya faqat quyidagi hollarda ko‘rib chiqiladi:

  1. Taqrizchi yoki tahririyat jamoasi a'zosiga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan holda
  2. Ekspert baholash jarayonida maxfiylik saqlanmagan holatda, bu har qanday yo‘nalishga oid bo‘lishi mumkin.
  3. Taqrizchilarga zarurli ma'lumot taqdim etilmagan, masalan, qo‘shimcha natijalar yoki raqamlar taqdim etilmasligi holatida.
  4. Barcha apellyatsiyalar ko‘rib chiqiladi va ularni yuborganlar yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga ularning apellyatsiyasi mos kelishi to‘g‘risida xabar beriladi.
  5. Apellyatsiya hartomonlama qaralishi kerak bo‘lsa, bu bosh muharrir yoki dastlabki qarab chiqishda ishtirok etmagan, tahririyatning mustaqil a'zosi tomonidan amalga oshiriladi.
  6. Har qanday apellyatsiyaning natijalari to‘g‘risida apellyatsiya berilgan paytdan 1 oy ichida muallifga xabar beriladi.

Har qanday apellyatsiya bosh muharrirga yuborilishi shart (https://khabarshi-kkb.uz/).